Koreyaning D.Camp va IT Park startap ekotizimini rivojlantirishadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tegishli memorandum imzolandi
Rasm: Unsplash

Janubiy Koreyaning D.Camp kompaniyasi IT-Parkga startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda ularning mahalliy va tashqi bozorlarga chiqishida yordam beradi, deb xabar berdi texnoklaster matbuot xizmati.

Bu boradagi memorandum IT-Park vakillarining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida imzolandi. D.Camp bilan hamkorlik mamlakatimizning IT-xab sifatida tan olinishini oshiradi va Koreya kompaniyalarini O‘zRga jalb etishga yordam beradi.

Janubiy Koreya kompaniyasi va texnoklaster venchur investisiyalar sohasida ham tajriba almashish niyatida.

Joriy yilning mart oyi oxirida D.Camp O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish istagini bildirdi. D.Camp $13 mln aylanmasi bilan Janubiy Koreyadagi eng yirik startap markazlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek