Oʻzbekistonda qancha boʻsh ish oʻrinlari borligi ochiqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumot berdi
Foto: pressmaster/Depositphotos

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 340 661 ta boʻsh ish oʻrinlari (vakant) bor. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 24-aprel sanasiga qadar 6 151 432 ta mehnat shartnomalari yagona milliy mehnat tizimida (YаMMT) roʻyxatdan oʻtkazilgan. Jami boʻsh ish oʻrinlari soni esa 340 661 tani tashkil qiladi.

Undan davlat tashkilotlaridagi ish o‘rinlari soni 86 543 ta bo‘lsa, qolgan 254 118 tasi xususiy subyektlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari mavjud korxonalar soni 129 034 tani tashkil etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning ishbilarmonlik faolligi yuqori boʻlgan hududlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek