Oʻzbekiston AQShning intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha «qora roʻyxati»dan chiqarildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar berdi
Foto: Intellektual mulk departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati boʻyicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar roʻyxatidan (qora roʻyxat) chiqarildi.

Oʻzbekiston 2000 yilda ushbu roʻyxatga kiritilgan boʻlib, 24 yildan buyon «kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati»da qolmoqda edi.

«Oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari soddalashtirildi. Shuningdek, xalqaro shartnomalarga aʼzo boʻlish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik», deyiladi xabarda.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston va Turkmaniston «kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati»da qolib kelayotgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda qo‘shiqchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek