Qaysi O‘zbekiston davlat kompaniyalari IPO va SPOga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi
Rasm: leungchopan/Depositphotos

12 ta davlat korxonasi IPO va SPOga qoʻyiladi, deb yozadi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga tayanib.

Hujjatda qayd etilishicha, IPO va SPO «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) o‘tkaziladi. Mahalliy investorlarning arizalari E-Auksion platformasida qabul qilinadi.

Rejaga koʻra, joriy yilda «Toshkent» fond birjasi, «Oʻzbekiston pochtasi» AJ, «Oʻzbektelekom», «UzAuto Motors Powertrain» va boshqa davlat ulushiga ega korxonalarning aksiyalari birjaga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, respublikada «xalq IPO»si ham o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘zbekiston rezidentlariga 40 ta davlat korxonasi aksiyalari taklif etiladi. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarining qimmatli qog‘ozlari ham sotuvda bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston havo tashuvchisi Uzbekistan Airways IPOga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek