«Uzbekistan Airways» may oyidan Toshkent va Maxachqal’a o‘rtasida parvozlarni boshlaydi

eʼlon qilindi
Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi
Rasm: depositphotos.com

«Uzbekistan Airways» 9-maydan boshlab Toshkentdan Maxachqal’aga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deyiladi aviatashuvchi xabarida.

Parvozlar haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiriladi. O‘zbekiston poytaxtidan Maxachqal’aga chipta narxi 1,2 mln so‘mdan, borib-kelish 3,44 mln so‘mdan boshlanadi. Ikki shahar orasidagi parvoz davomiyligi 3,1 soatni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning «Red Wings» aviakompaniyasi ham Toshkentdan Maxachqal’aga parvoz qiladi; chiptalar narxi 3,2 mln so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» aprel oyi boshidan «Uzbekistan Airways» Toshkentdan Mumbayga muntazam reyslarni qayta tiklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek