Yandex ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar turkumiga kirish imkonini berdi. Ma’ruzalar maktab o‘quvchilari uchun moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mavjud.
Yandex menejerlari dolzarb muammolarni hal qilish uchun texnologiyalardan, jumladan, sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limni o‘rganishdan foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazishadi.
Ma’ruzalarni «Technovation Uzbekistan» loyihasining YouTube-kanalida topish mumkin.
Turli tashkilotlar ko‘magida O‘zbekistonda «Technovation Girls» dasturi ishtirokchilari uchun ma’ruzalarning birinchi turkumi o‘tkazildi. Ushbu ma’ruzalar ijodiy fikrlashni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni tushunish va bolalarni yangi g‘oyalarga undashga qaratilgan.
«Texnologiyalarni o‘rganish bizning dasturimiz ishtirokchilarining analitik va tanqidiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va har bir kishi IT-yechimlarning ishlash tamoyillarini o‘rganishi, ularning jamiyat va atrof-muhitga ta’sirini tahlil qilishi, shuningdek, texnologiyadan foydalanishning axloqiy va ijtimoiy jihatlarini baholashi mumkin» deydi Technovation’ning O‘zbekistondagi mintaqaviy elchisi Yelena Selezneva.
Avvalroq «Kursiv» bigtex Yandex ayollar orasida dasturlashni qanday targ‘ib qilishi bo‘yicha kompaniyaning HR direktori Darya Zolotuxina bilan suhbat qilgan edi.