Qancha oʻzbekistonlik turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda Davlat statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Realinemedia/depositphotos.com

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasining 850 ming nafar fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan. Bu haqda Davlat statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan oʻzbekistonliklarning yarmini 31-55 yosh orasidagilar tashkil qiladi.

Qolgan safarga chiqqan yurtdoshlarimizning yosh boʻyicha taqsimotida 0-18 yoshdagilar 110,4 ming nafarni, 19-30 yosh oraligʻidagilar 148,8 ming kishini hamda 56 yosh va undan kattalar — 165,8 ming nafarni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonga 6,6 million nafar turist tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek