Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 6,5 million soʻmga yetdi

eʼlon qilindi
2023-yilda bu ko‘rsatkich 5,6 mlnni so‘mni tashkil qilgan
Foto: whiteturtle1988/Depositphotos

Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,5 million soʻmni ($527,5) tashkil etdi. Taqqoslash uchun oʻtgan yili bu koʻrsatkich 5,6 million soʻm boʻlgan edi.

2022-yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4,7 million soʻmni, 2021-yilda esa 3,9 million soʻmni tashkil qilgan.

Statistika agentligining hisob-kitoblariga koʻra, 2024-yilning birinchi choragida Oʻzbekiston YaIM 242,7 trillion soʻmni tashkil etdi. Tashkilot hisobotiga koʻra, yil davomida oʻsish 6,2 foizni tashkil etdi.

Yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga qishloq, oʻrmon, baliq xoʻjaligi, sanoat va xizmat koʻrsatish sohasi ijobiy hissa qoʻshdi.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy oʻsishi 5,2 foizni tashkil etishini kutmoqda. Jahon banki (JB) prognozlariga koʻra, bu koʻrsatkich 5,3 foizni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» Fitchning mamlakatlar reytingida Oʻzbekistonni nima orqaga tortayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek