2024-yil aprel oyiga koʻra, Oʻzbekistonda shahar aholisining ulushi 51 foizga yoki 18,8 million nafarga yetdi. Bu haqda Statistika agentligining demografik hisobotida ma’lum qilindi.
Qishloqlarda 18,1 million kishi yoki umumiy aholining 41 foizi istiqomat qiladi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning 1-aprel holatiga mamlakatimizda erkaklarning oʻrtacha yoshi 28,5 yoshni tashkil etgan boʻlsa, ayollar orasida bu koʻrsatkich 30 yoshni tashkil etmoqda.
Respublikada mehnatga layoqatli aholining ulushi 56,4 foizni tashkil etadi. Erkaklar oʻrtasida mazkur koʻrsatkich 58,5 foiz boʻlsa, ayollarda 54,2 foizni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 29,3 million soʻmga yetgani haqida xabar bergan edi.