Sankt-Peterburgda oʻzbekistonlik erkak yongʻinda qolgan ayollarni qutqardi — video

eʼlon qilindi
Bu haqda "Fontanka" Nashri xabar berdi
Foto: yulenochekk/Depositphotos

Oʻzbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgdagi yongʻindan bir necha kishini qutqarib qoldi. Bu haqda «Fontanka» nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 25-aprel tongida Sankt-Peterburgning Podolskaya koʻchasidagi koʻp qavatli tarixiy uyda yongʻin chiqqan. Holatdan xabar topgan Olim ismli oʻzbekistonlik migrant hodisa joyiga birinchi boʻlib yetib borgan.

Video: «Fontanka»

«Men yetti yildan beri Sankt-Peterburgda yashayman. Oʻzbekistonda desant boʻlinmasida xizmat qilganman va boks bilan shugʻullanganman. Shuning uchun jismoniy holatim yaxshi va tezda ishga kirishdim», dedi Olim.

Nashrning ta’kidlashicha, Podolskayadagi yongʻindan oʻn kishi qutqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» oʻtgan yilning sentabrida oʻzbekistonlik erkak Janubiy Koreyada yonayotgan restoran ichidan 69 yoshli ayolni qutqargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek