Tavakkalchilikka asoslangan oʻyin va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi
Foto: sinenkiy?Depositphotos

Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilik va bukmekerlik faoliyatiga asoslangan oʻyinlarga ruxsat beriladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram kanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.

Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmogʻidagi oʻyinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.

Bukmekerlik va shunga oʻxshash faoliyatni nazorat qilish agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuklatiladi.

Ma’lum qilinishicha, bukmekerlar va lotereya tashkilotchilari 4 foizlik stavkasida aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari hisoblanadi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning yutuqdan olgan daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek