Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi

eʼlon qilindi
Bryussel 2025-yilgacha yana 20 million yevro ajratadi
Foto: Alexis84/Depositphotos

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga 6 million yevro miqdorida grant ajratdi. Bu haqda YeIning respublikadagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratilgan pullar Oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish milliy strategiyasini ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi. 2025-yilgacha Bryussel yana 20 million yevro ajratmoqchi.

Moliyaviy koʻmak Oʻzbekistonning bozorga yoʻnaltirilgan va barqaror oziq-ovqat sektoriga oʻtishini qoʻllab-quvvatlaydi.

«Biz dehqon xoʻjaliklarining gullab-yashnashi, oʻzgaruvchan iqlim sharoitiga moslashish, atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻlom oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda mahalliy va global qiymat zanjirining bir qismiga aylanish imkonini beradigan islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz, deydi YeI Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Avvalroq “Kursiv» Bryussel Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sakkizta loyihaga 3,5 million yevro ajratishini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek