Biznes uchun xorijiy valyutadagi kreditlar foizi yana qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi
Foto: oktava/Depositphotos

Oʻzbekistonda mart oyi yakunlariga koʻra, biznes uchun beriladigan uzoq muddatli xorijiy kreditlar stavkasi 10,2 foizga yetdi. Qisqa muddatli kreditlar esa fevral oyidagi oʻsishdan soʻng 0,1 foizga pasayib, 9,7 ga tushdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

MB taqdim qilgan ma’lumotlarga koʻra, 2023-yilning mart oyidan 2024-yildan mart oyigacha, ya’ni bir yil davomida qisqa muddatga beriladigan kreditlar 1 foizga, uzoq muddatga beriladigan kreditlar esa 1,3 foizga oshganini koʻrish mumkin.

Infografika: Markaziy bank

Ma’lumot uchun, qisqa muddatli xorijiy valyutadagi kreditlar bir yilgacha berilsa, uzoq muddatli kreditlar esa bir yildan ortiq muddatga beriladi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy valyutadagi kreditlar faqat tadbirkorlik uchun beriladi. Jismoniy shaxslar bunday kredit olish huquqiga ega emaslar.

Avvalroq «Kursiv» soʻmdagi kredit stavkalari pasayib, valyutadagi esa oshayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek