Osiyo kubogi U-23 O‘zbekiston Indoneziya bilan to‘p suradi

eʼlon qilindi
Uchrashuv soat 19:00 boshlanadi
Rasm: O‘FA

29-aprel, dushanba kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogining pley-off bahslari o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

Abdulloh Bin Xalifa stadionida soat 19:00 da yarim finaldan joy olgan O‘zbekiston – Indoneziya o‘yini bo‘lib o‘tadi. Yarim finalning boshqa o‘yinida esa Yaponiya Iroq bilan bahs olib boradi. Final bahsi 3 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 chorak finalda Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozongan edi. Avvalroq, hamyurtlarimiz «D» guruhida 9 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rin bilan pley-off bahslariga chiqdi. 

Shuningdek