Pensiyaga chiqishda oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashning umumiy tartibi qanday

eʼlon qilindi
Bu haqda pensiya jamgʻarmasi maʼlum qildi.
Foto: Skorzewiak/www.depositphotos.com

Pensiyani hisoblash uchun daromadlar ishdagi tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi oʻn yil davomida ishlagan besh yil uchun hisoblanadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, pensiyani hisoblash uchun oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket oltmish kalendar oyi uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

Shu bilan birga, pensiya tayinlash uchun ariza bergan shaxsning iltimosiga binoan, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq kalendar oylari ishlagan deb hisoblanadi.

Pensiya tayinlash uchun ariza bergan shaxs 5 yildan kam ishlagan hollarda o‘rtacha oylik ish haqi ishlagan kalendar oylari uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy summasini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Pensiyalarni hisoblash uchun oʻrtacha oylik ish haqi eng kam ish haqidan past boʻlgan yoki ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq boʻlmagan hollarda pensiyani hisoblash uchun bazaviy miqdor asosida hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» pensiyalarni oshirishda nimalar hisobga olinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek