Qatar Airways Doha-Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi
Dastlab aviakompaniya haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik reyslarni amalga oshiradi
Foto: Unsplash

«Qatar Airways» aviakompaniyasi 2024-yilning 2-iyun kunidan Doha – Toshkent – Doha yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xoʻjayev «Qatar Airways» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida davlatlararo toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalarni muhokama qildi.

«Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz», dedi Badr Muhammad Al-Miyr.

Bundan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar orqali oʻzaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi rejalashtirildi.

Avvalroq «Kursiv» Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkentdan Seulga muntazam parvozlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek