Samarqandda 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pastdargʻom tumani boʻlimi va yana bir qancha tashkilotlar tomonidan tumanda tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazildi.

Ma’lum qilinishicha, «Nayman» MFY hududida yashovchi fuqaro oʻziga qarashli issiqxonada noqonuniy 20 dona qoʻlbola usulda yasalgan isitish uskunalarini oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib, jami 688,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Yana bir holat «Qozoq-Nayman” mahallasida yashovchi fuqaro oʻziga tegishli issiqxonada qoʻlbola usulda yasalgan isitish uskunalarini oʻrnatib, 329,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish orqali davlat manfaatlariga 333,8 milliard soʻm zarar keltirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek