Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 2,5 ming kishi ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
84 davlatdan
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Bo‘lajak uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 84 mamlakatdan qariyb 2,5 ming kishi ishtirok etadi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda ishtirokchilar soni 56 mamlakatdan 1 mingga yaqin edi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mazkur tadbirga tayyorgarlik bo‘yicha bag‘ishlangan taqdimotda ma’lum qilindi.

Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, BMT, YeTTB, OPEK, ShHT kabi xalqaro tashkilotlardan nufuzli mehmonlar bo‘ladi.

Forum dasturidan 40 dan ortiq tadbirlar, jumladan, seksiyalar, davra suhbatlari, taqdimotlar va hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari o‘rin olgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan qator loyihalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, 3-may kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda investitsiya muhitini yaxshilash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek