«Uzbekistan Airways» Samarqanddan Nijniy Novgorodga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
eʼlon qilindi
Joriy yilning may oyidan
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 9-maydan boshlab Samarqand – Nijniy Novgorod oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 1,8 million soʻmdan, ikki tomon uchun esa 2,3 million soʻmdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning mart oyi oxiridan boshlab «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Nijniy Novgoroddan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻygan edi. Parvozlar haftasiga ikki marta seshanba va shanba kunlari «Airbus A320» samolyotlarida amalga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» «Qatar Airways» Doha – Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.