Xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogida O‘zbekiston – BAA yarim final bahsi o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Soat 16:00 HUMO Arenada
Rasm: UZ.HOKCEY

Bugun, 29-aprel kuni хokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogining birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

«HUMO» arenada soat 16:00 O‘zbekiston U-18 jamoasi BAA vakillariga qarshi muzga chiqadi. Aytish joizki, milliy terma jamoa raqibi Indoneziya terma jamoasi bo‘lishi kerak edi. Biroq Xalqaro xokkey federatsiyasi hakamlar qo‘mitasi qarori bilan Indoneziya terma jamoasi musobaqa reglamentini buzgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Uning o‘rniga «B» guruhidan 3-o‘rinni egallagan BAA jamoasi bo‘ldi.

Ikkinchi yarim final bahsida soat 19:30 Tailand Mo‘g‘ulistonga qarshi o‘ynaydi va ikkala jamoadan biri finalga yo‘llanma oladi. Yarim final bahslariga kirish mutlaqo bepul.

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoa to‘rtta o‘yindan beri g‘alaba seriyasini davom ettirmoqda. 25-aprel kuni O‘zbekiston Malayziyani 29:0 hisobida yenggan edi.

Shuningdek