Devid Kemeron Markaziy Osiyoga tashrifida hashamatli samolyotni ijaraga olgani uchun tanqid qilindi — The Guardian

eʼlon qilindi
Havo kemasining narxi 42 million funt sterlingni tashkil qiladi
Foto: Getty Images

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) rahbari Devid Kemeron qiymati qariyb 42 million funt sterling ($52,6 million) boʻlgan «Embraer Lineage 1000» samolyotini ijaraga olgani uchun tanqid qilindi, deb yozmoqda «The Guardian» nashri.

Kemeron oʻtgan hafta Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Oʻzbekistonga tashrif buyurish uchun ushbu samolyotdan foydalangan. Havo kemasi «Union Aviation» kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.

Kompaniya saytida aytilishicha, «Embraer Lineage 1000» 19 tagacha yoʻlovchini tashishga qodir. Samolyot dam olish va ovqatlanish xonalari bilan jihozlangan.

Hashamatli avialaynerning ijaraga olinishini Buyuk Britaniya muxolifat hukumati vakili Emili Tornberi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida tanqid qildi. U buni soliq toʻlovchining pulini behuda sarflash deb atadi.

Keyinroq qirollik tashqi siyosati vakilining maʼlum qilishicha, Kemeronning ishi Britaniya manfaatlarini koʻzlab xorijga sayohat qilishni talab qiladi. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi qaror qabul qilishda narx va sifat nisbatlarini hisobga olgan.

Union Aviation 2021-yilda tashkil etilgan boʻlib, kompaniyaning bosh ofisi Riga shahrida joylashgan. Kompaniya charter reys xizmatlarini taqdim etadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlik deklaratsiyasini imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek