«Ipoteka-bank» sof foydaning pasayishi sababini tushuntirdi

eʼlon qilindi
Yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 3,6 milliard so‘mni tashkil etdi
Foto: Yandex Xaritalar

Ipoteka banki joriy yilning birinchi choragida sof foydaning kamayishi sababini tushuntirdi. Bu haqda moliya muassasasi bayonotida aytiladi.

«Sof foydaning kamayishi olingan yuqori operatsion daromadlarning Markaziy bank talablariga asosan korporativ kreditlar uchun zaxira shakllantirilishiga yo‘naltirilganligi. «Ipoteka-bank» OTP Guruhi a’zosiga aylanganidan buyon guruhning ko‘magi bilan xalqaro va milliy standartlarga muvofiq yetarlicha zaxiralarni yaratgan holda portfeldagi kreditlarni munosib baholash ustida faol ish olib bormoqda va kredit portfelining yaxshilanishi bevosita bank sof foydasiga ijobiy ta’sir qiladi», deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, moliya instituti mijozlarni daromadning pasayishi taqdim etilayotgan xizmatlar sifatiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning birinchi choragida «Ipoteka-bank»ning foydasi 3,6 milliard so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida sof foyda 374 mlrd so‘m darajasiga yetgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» «Ipak Yo‘li»ning daromadlari o‘sishi haqida yozgan edi.

Shuningdek