Naqd puldagi toʻlovlar uchun keshbek berish bekor qilinishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan
Foto: IgorVetushko/Depositphotos

Oʻzbekistonda 1-iyuldan boshlab naqd puldagi toʻlovlar uchun keshbek qaytarilishi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda «Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida»gi prezident qarori loyihasida koʻzda tutilgan.

Agar chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirilgan xaridlar bank kartalari yordamida amalga oshirilsa, keshbeklar taqdim qilinaveradi.

Ma’lumot uchun, xarid uchun berilgan keshbek 2022-yildan berila boshlagan. Birgina 2024-yilning yanvaridan 29-apreliga qadar toʻlangan keshbeklar 173,2 milliard soʻmni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga oʻtishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek