Andijon viloyatining ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyatining Marhamat va Buloqboshi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Marhamat tumani hokimi lavozimiga Oʻtkirbek Ma’murov tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oʻtkirbek Ma’murov 1973-yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1997-yilda «K.Timirzayev» nomli Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan.

Shuningdek, Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Furqatbek Boʻtaxonov tayinlandi.

Furqatbek Boʻtaxonov 1985-yilda Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. 2013-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Buxoro shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek