Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi
Foto: Buxoro shahri hokimligi

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Jamol Nosirov sogʻligi yomonlashganligi munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni soʻrab, ariza bilan murojaat qilgan. Viloyat hokimi Jamol Nosirovni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirdi.

Bunga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Avvalroq «Kursiv» Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek