"Qanot Sharq" aviakompaniyasi Toshkentdan Pragaga muntazam parvozlarni may oyi oxiriga koʻchirdi

eʼlon qilindi
Avvalroq parvozlar 18-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan edi
Foto: Unsplash

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi may oyi oxiridan boshlab Toshkent va Praga oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ikki shahar oʻrtasida reyslar 30-maydan boshlab yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Chiptalar narxi 4,4 million soʻmdan boshlanadi. Parvozlar chastotasi haftada bir marta payshanba kunlari boʻladi.

Avvalroq kompaniya 18-apreldan Oʻzbekiston va Chexiya poytaxtlari oʻrtasida parvozlarni boshlashni rejalashtirgan edi. Chexiya va Oʻzbekiston tomonlari bu borada bir yildan ortiq muzokara olib bormoqda.

«Biz ish boshlagan birinchi yil ichida 15 mingdan ortiq yoʻlovchi ushbu yangi yoʻnalishdan foydalanishini kutmoqdamiz. Shuningdek, yangi reyslar havoda yuk tashishni rivojlantirishga hissa qoʻshadi», dedi Praga aeroportining aviatsiya biznesi direktori Yaroslav Filip.

Avvalroq «Kursiv» «Qanot Sharq» Toshkentdan Seulga parvozlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek