Sardoba tumanining sobiq rahbari Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

eʼlon qilindi
U qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanadi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Akmal Mirzaev Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

U bu lavozimga tayinlanguniga qadar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi lavozimida ishlagan. Mirzaev hokim oʻrinbosari sifatida qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanadi.

Mirzayev 1971-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2003), 2010 yilda esa O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Avvalroq «Kursiv» Qurbon Tursunov Buxoroga hokim bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek