Markaziy Osiyoning YaIM iqtisodiy salohiyati $600 milliarddan oshadi

eʼlon qilindi
80 mln aholiga nisbatan
Rasm: The Brussels Times

Islom taraqqiyot banki guruhiga a’zo boʻlgan xalqaro Islom savdo Moliya korporatsiyasi (ISMK) tashabbusi bilan mintaqada iqtisodiy hamkorlikning innovatsion tashabbusi boʻlgan Trade Connect Central Asia+ (TCCA+) dasturining rasmiy ishga tushirilishi haqida  «Kursiv» xabar bermoqda.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining maslahatchisi Abdulla Hoshimov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nazira Nurbayeva, Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Ahurboy Solehzoda, Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vaziri Serdar Jo‘rayev, Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjarbek Bolotov, Xalqaro Islom savdo moliya korporatsiyasi bosh direktori Hani Salem Sonbol, Savdo, Investitsiya va innovatsiya direktori Rupa Chanda va Islom taraqqiyot banki mintaqaviy rahbari Ibrohim Shukri ishtirok etishdi.

«Markaziy Osiyoning aholi soni 80 mln yetgan bo‘lsa, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) iqtisodiy salohiyati $600 milliarddan oshadi» deb aytdi Abdulla Hoshimov.

Islom taraqqiyot banki Markaziy Osiyo davlatlariga sarmoya kiritishi sababli davlatlarda tovar aylanmasi, mahsulotlar sifati, logistika zanjirlari jadal rivojlanmoqda.

«O‘tgan yili Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi $4 milliarddan oshdi. Davlat rahbarlarimiz topshirig‘iga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini $10 milliardga yetkazish choralari ko‘rilmoqda. Ayni paytda sanoat bo‘yicha hamkorlik umumiy qiymati $2,6 milliardlik 60 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Ulardan 55 tasi Qozogʻiston, 5 tasi Oʻzbekiston hududida joylashgan», dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vazirining aytishicha, Turkmaniston xorijiy kompaniyalar uchun eshiklari ochiq va mamlakatning Kaspiy dengiziga chiqish imkoniyati ko‘p investorlar uchun jozibador.

«Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyotini yanada kuchaytirish va raqamli texnologiyalar joriy etish bo‘yicha bir nechta dasturlar mavjud», deya aytib o‘tdi Investitsiya va innovatsiya direktori Rupa Chanda.

Avvalroq «Kursiv» Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish dasturini ishga tushirishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek