Oʻzbekistonda «Kia K5» narxlari oshirildi

eʼlon qilindi
Avtomashina modellari 380 mlndan so‘mdan boshlanadi
Foto: Kia

«Kia» kompaniyasi Oʻzbekistondagi eng ommabop modellaridan biri boʻlgan Kia K5 narxlarini oshirdi. Buni kompaniya saytdagi narxlarning yangilanganidan koʻrish mumkin.

Unga koʻra, 500 million soʻmdan ortiq turadigan GT Line modelining narxlar roʻyxatdan olib tashlangan. Shuningdek, 360 million soʻm boʻlgan «Comfort Special» eng arzon modelining ham narxlari oʻzgargan.

Endilikda «Kia K5» narxlari yaxshilangan variantlar toʻplamiga ega boʻlib, modellar 380 million soʻmdan boshlanadi.

Yangilangan narxlar quyidagicha:

Kia K5 Comfort Special 379 900 000 soʻm;

Kia K5 Luxe Light 410 900 000 soʻm;

Kia K5 Prestige Special 454 900 000 soʻm;

Kia K5 Prestige Light 444 900 000 soʻm;

Kia K5 Luxe Special 444 900 000 soʻm;

Kia K5 Prestige Special + 469 900 000 soʻm;

Kia K5 Style Light 486 900 000 soʻm.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yigʻilgan «KIA Sonet» avtomobillarining narxlarini taqdim qilgan edi.

Shuningdek