Oʻzbekistonda 1-maydan boshlab eng kam pensiya miqdori oshirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-apreldagi tegishli Farmonida ko‘zda tutilgan.
Unga koʻra, toʻliq boʻlmagan ish staji uchun eng kam yoshga doir pensiya oyiga 648 ming soʻmni tashkil etadi. Xuddi shu miqdor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiya miqdori bo‘ladi.
Toʻlovlar hajmining oshishi minimal iste’mol xarajatlarining oshishi bilan bogʻliq. Shu munosabat bilan Pensiya jamgʻarmasidan qoʻshimcha 180 milliard soʻm ajratiladi.
Ushbu oʻzgarishlar yoshi boʻyicha 751 ming fuqaroga va boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya oluvchi 110 ming fuqaroga taalluqlidir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda pensiyaga chiqqandan keyin ayollar erkaklarga qaraganda koʻproq mehnat faoliyatini davom ettirishi haqida xabar bergan edi.