Oʻzbekistonda xorijiy investorlar aksiyalardan dividendlar boʻyicha olinadigan soliqdan ozod etiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uch yil muddatga
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uch yil muddatga aksiyalardan olinadigan dividendlar boʻyicha soliqlardan ozod qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi chiqishida ma’lum qildi.

Xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.

Prezident yaqinda qabul qilingan xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunga ham toʻxtalib oʻtdi.

«250 ta yirik korxonaning davlat ulushi va sal kam 1000 dan koʻproq koʻchmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish boʻyicha yangi dastur joriy etildi», dedi davlat rahbari.

Shuningdek