«Procter & Gamble» kompaniyasi Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishga yordam beradi

eʼlon qilindi
Kompaniya Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qiladi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) va «Procter & Gamble» oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatni imzolash marosimida «Procter & Gamble» kompaniyasidan kompaniyaning Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyo boʻyicha katta vitse-prezidenti Tankut Turnaoglu hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

Memorandumga koʻra, «Procter & Gamble» Oʻzbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, Turnaoʻgʻlu kompaniya yirik sport loyihalarida ishtirok etish niyatida ekanini ham ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Procter & Gamble kompaniyasi 1837-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida tashkil etilgan bo‘lib, shaxsiy gigiena vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, kompaniya 40 ga yaqin gigiena brendlariga egalik qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek