Sun’iy intellektning qoʻllanilishi «Apple» aksiyalarining tushishiga olib keldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Reuters xabar bermoqda
Foto: Reuters

«Apple» qimmatli qogʻozlari 2024-yil boshidan beri investorlarning kompaniya sun’iy intellekt (SI) vositalarini sekin joriy qilayotgani haqidagi xavotirlari ortib borayotgani sababli 10 foizdan koʻproqqa tushdi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.

Amerika texnologiya giganti aksiyalari narxining pasayishiga yana bir sabab «Huawei» kompaniyasining Xitoy bozorida oʻz ulushining ortib borayotganidir.

Tahlilchilarning fikricha, 2024-yilning dastlabki uch oyida «iPhone» sotuvi 10,4 foizga kamaydi. Bu 2021-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu segment «Apple» daromadining yarmini tashkil qiladi.

Uzoq vaqt davomida «Apple» aksiyalari treyderlar tomonidan sotib olinishi shart deb hisoblangan, chunki ular barqaror oʻsishni koʻrsatgan.

Avvalroq «Kursiv» «Apple» endi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi emasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek