BMT Gʻazo sektorini qayta tiklash uchun qancha pul kerak boʻlishini aytdi

eʼlon qilindi
Vayronagarchiliklar juda katta
Foto: Pixabay

Gʻazo sektoridagi vayronagarchilik koʻlami juda katta, hududni tiklash uchun $30–40 milliard kerak boʻladi, demoqda BMT Taraqqiyot dasturining arab davlatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi rahbari Abdulla Al-Dardoriy.

«Jahon hamjamiyati Ikkinchi jahon urushidan buyon hech qachon bunday koʻlamli (halokat – Tahr.) bilan shugʻullanmagan», dedi BMT vakili.

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, qayta qurish jarayoni Isroil va Falastinning HAMAS guruhi oʻrtasidagi urush tugaganidan keyin boshlanishi mumkin.

Tomonlar oʻrtasidagi qarama-qarshilikning hozirgi bosqichi 2023-yil oktabr oyida Xamasning Isroilga hujumi bilan boshlangan. Oʻtgan vaqt ichida mojaro tomonlari oʻrtasida sulh boʻlishi mumkinligi haqida bir necha bor ma’lumotlar paydo boʻlgan, lekin hozircha kelishuvga erishilmagan.

Aprel oyi boshida «Kursiv» Isroil oʻz qoʻshinlarining katta qismini Gʻazo sektori janubidan olib chiqib ketganini xabar bergan edi.

Shuningdek