O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili: “Biz imkon qadar tezroq JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilganmiz”

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Tashkilot bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim Toshkentga keladi
Foto: andreyuu / www.depositphotos.com

Jahon savdo tashkiloti kotibiyati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishini e’lon qildi. U joriy yilning 24 may kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov III Toshkent investitsiya forumi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.

«JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim iyun oyi boshida Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Uning tashrifi doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etishni rejalashtirganmiz», dedi u.

Forumda JST mavzusiga bag‘ishlangan panel muhokamasi chog‘ida Jahon bankidagi yo‘nalishlardan biri rahbari Antonio Nusifora O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lishi uchun hal qilishi kerak bo‘lgan texnik masalalarni sanab o‘tdi. Import kvotalari, eksport subsidiyalari, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va importchilar o‘rtasidagi soliqlarni uyg‘unlashtirish haqida gapirdi.

Azizbek O‘runov jurnalistlar bilan suhbatda hatto O‘zRning import kvotalari tartibga solish bo‘yicha amaldagi standartlari ham Jahon savdo tashkiloti talablariga to‘liq mos kelishini aytdi.

«Hukumat eksport subsidiyalari masalasini juda yaxshi biladi. O‘tgan yilning 15 avgustida Prezident farmoni qabul qilingan bo‘lib, unda biz eksport subsidiyalarini Jahon savdo tashkiloti va uning kelishuvlari talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifalarimizni aniq belgilab berdik», deya tushuntirdi u.

Shuningdek, u mamlakat 11 davlat bilan JSTga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlaganini qo‘shimcha qildi.

Prezidentning maxsus vakili O‘zbekiston JSTga qachon a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javoban, mamlakat buni imkon qadar tezroq amalga oshirishni maqsad qilganini aytdi.

JST O‘zbekistonga nima uchun kerak?

Tashkilotga a’zo bo‘lish zarurligi haqida gapirar ekan, Azizbek O‘runov panel muhokamasida ikkita sababni keltirdi.

«Aniq narsa shundaki, JSTga a’zo boʻlgan 166 ta davlat jahon savdosining 97 foizini tashkil qiladi. Ushbu tashkilotning mandati tufayli uning a’zolari o‘zaro halol va adolatli savdo-sotiqni amalga oshiradilar «, dedi u.

Nomoddiy ta’sirni baholar ekan, prezidentning maxsus vakili ishtirokchi mamlakatlarning raqobatbardoshligi oshgani haqida gapirdi. Bu ham iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi va sanoatning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Antonio Nusifora o‘z nutqida Jahon banki tadqiqoti haqida gapirdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ikki barobar, yalpi ichki mahsulot esa 20 foiz tezroq o‘sishi kerak.

Bunday xulosalar tashkilotga qo‘shilganidan so‘ng iqtisodlari o‘sgan boshqa mamlakatlar misollari bilan tasdiqlanadi.

“Kambodja misolida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 2007 yildan 2014 yilgacha 600 foizga oshganini koʻrsatadi», dedi Antonio Nusifora.

Uning aytishicha, dunyo mamlakatlari o‘zgarishlarni his qilmoqda. Jahon banki vakili Kambodjadan tashqari Xitoy, Ekvador, Iordaniya, Ummon, Vetnam va Panamani ham nomladi.

Avvalroq «Kursiv» Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonning JSTga kirishiga munosabati haqida yozgan edi.

Shuningdek