4-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 4-may kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmoqda, ba’zi hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Aksariyat hududlarda chang-to‘zonlar bo‘ladi. Havo harorati 24-29 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 23-25 daraja isiydi va kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Shuningdek