Amerikaning «Krispy Kreme» qahvaxonalar va shirinliklar tarmog‘i Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlashga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Pik Skartarisa Telegram kanali.
Taxminan 90 yillik tarixga ega «Krispy Kreme» brendi o‘zining ponchiklari bilan mashhur va Dunkin’ Donuts bilan bir qatorda ushbu shirinlik mahsulotlarining dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
2003-yildan buyon kompaniya franchayzing orqali butun dunyo bo‘ylab faol ravishda kengayib bormoqda va hozirgi kunda Markaziy Osiyo bozoriga chiqmoqda – o‘tgan yili Qozog‘istonga kirganidan so‘ng endilikda u O‘zbekiston bozoriga kiradi. Toshkentda qahvaxonaning ochilish sanasi haqida hozircha aniq ma’lumot yoʻq.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda toʻrtinchi «Papa Johns» pitseriyasi ochilishini e’lon qilgan edi.