Samarqand aeroportida ikkinchi aviaspotting boʻlib oʻtdi – foto

eʼlon qilindi
O‘zbekiston va MDH davlatlaridan 30 dan ortiq fotosuratchilar ishtirok etishdi
Rasm: Air Marakanda

3-may kuni «Air Marakanda» aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ikkinchi rasmiy aviaspotting Samarqand xalqaro aeroportida boʻlib oʻtdi.

Rasm: Air Marakanda

Tadbirda O‘zbekiston va MDH davlatlaridan 30 dan ortiq fotosuratchilar ishtirok etishdi. Fotosuratchilar ertalabdan kechgacha turli samolyot modellarining uchish va qo‘nishlarini, shuningdek, perronda samolyotlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlarini faol ravishda rasmga olishdi.

Rasm: Air Marakanda

Avvalroq «Kursiv» «Air Marakanda» va «UTair» Samarqand – Tyumen reysini ochishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek