3-may kuni «Air Marakanda» aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ikkinchi rasmiy aviaspotting Samarqand xalqaro aeroportida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda O‘zbekiston va MDH davlatlaridan 30 dan ortiq fotosuratchilar ishtirok etishdi. Fotosuratchilar ertalabdan kechgacha turli samolyot modellarining uchish va qo‘nishlarini, shuningdek, perronda samolyotlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlarini faol ravishda rasmga olishdi.
Avvalroq «Kursiv» «Air Marakanda» va «UTair» Samarqand – Tyumen reysini ochishgani haqida xabar bergan edi.