Oʻzbekistonda piyozning narxi rekord darajada pasaydi — East Fruit

eʼlon qilindi
Xuddi shunday holat Tojikistonda ham kuzatilmoqda
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston va Tojikistonda piyozning ulgurji narxi rekord darajada pasaydi. Bunga «East Fruit» portali ekspertlari e’tibor qaratdi.

Ulgurji bozorda yangi terilgan piyozning bir kilogrammi uchun 10–20 sent soʻralmoqda. Ushbu sabzavot hosilining bir tonnasini $100 ga sotib olish mumkin, deya ta’kidladi «East Fruit».

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda oʻtgan yilgi hosilning oʻrtacha narxi hozirgidan yuqori, mos ravishda 2 ming soʻm va 1,5 ming soʻm.

«East Fruit» mutaxassislari Oʻzbekiston va Tojikistonda ertapishar piyozdan hosil ko‘p boʻlishini bashorat qilmoqda, bu esa narxlarning oshishiga imkon bermaydi. May oyi oʻrtalarida piyoz narxi barqarorlashishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistondan qariyb $26 millionlik 103 ming tonna piyoz eksport qilingan edi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi piyoz narxi pasaygani haqidagi xabarlarni rad etganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek