Oʻzbekistonda xorijiy avtomobillarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi oʻzgardi

eʼlon qilindi
Bu haqda Moliya va Ichki ishlar vazirliklari qarori tasdiqlandi
Foto: Man64 / depositphotos.com.

«Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Qayd etilishicha, Bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun tartiblar o‘zgardi. Endilikda olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.

Ma’lumot uchun, oldin oʻtkazib yuborilgan har kun uchun transport vositasining har bir ot kuchi uchun BHMning 0,7 foizi miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda avtomobil rangini oʻzgartirish javobgarlikka tortishga asos boʻlmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek