Oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachilar uchun Osiyo chempionati qanday yakunlandi?

eʼlon qilindi
Umumiy hisobda sportchilarimiz 17 ta medalga ega chiqdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yigirmaga yaqin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.

Toshkentda boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilari oʻnta oltin va yettita kumush medalni qoʻlga kiritdi. jamoamiz koʻpkurash, tasma boʻyicha jamoaviy mashqlar boʻyicha sovrinli oʻrinlarga ega chiqdi. Shuningdek, Taxmina Ikromova ikkita yoʻnalish — toʻp va bulava boʻyicha oltin medalga sazovor boʻldi.

Yoshlarlar oʻrtasida Lola Djuraeva (toʻp) va Viktoriya Nikiforova (halqa) birinchi oʻrinlarni egalladi. Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi guruhli mashqlarda bulava, toʻp bilan va koʻpkurash boʻyicha erishgan yutuqlari qayd etildi.

Shu tariqa oʻzbekistonlik gimnastikachilar 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

Avvalroq «Kursiv» aprel oyi oxirida badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon kubogida yettita medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek