Toshkent investitsiya forumida umumiy qiymati $26,6 milliardlik kelishuvlar imzolandi

eʼlon qilindi
Bu 2022-yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent III xalqaro investitsiya forumi yakunlari boʻyicha $26,6 milliardlik shartnomalar imzolandi. Bu 2022-yilga nisbatan 2,4 baravar koʻp, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Ular orasida Saudiyaning «ACWA Power» energetika kompaniyasi bilan Qoraqalpogʻistonda shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha $6,2 milliardlik kelishuv imzolandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Xitoy, Misr, Ozarbayjon va boshqa xorijiy investorlar bilan loyihalarni ishga tushirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bu yilgi forumda 90 dan ortiq davlatlardan 2,5 mingdan ortiq kishilar ishtirok etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga $60 milliarddan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilingani, shundan $14 milliarddan ortigʻi ijtimoiy va infratuzilma sohasiga jalb qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek