7-may kuni respublikada havo harorati +30 daraja issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Kuchli shamol tufayli bir necha viloyatlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo bulutli bo‘lishi mumkin. Kunduzi 28-30 darajagacha isiydi, kechasi esa havo harorati 14-16 iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 13-18 iliq va kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek