Nodirbek Abdusattorov sovrin jamgʻarmasi $175 ming boʻlgan musobaqada ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Musobaqa 7–12-may kunlari boʻlib oʻtadi
Foto: Sputnik

Varshava shahrida boʻlib oʻtadigan Superbet Poland 2024 turnirida oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.

Musobaqa 7–12-may kunlari oʻtkazilib, sovrin jamgʻarmasi $175 ming tashkil etadi. Nodirbek Abdusattorov 8-may kuni oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazadi.

Musobaqada dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi norvegiyalik Magnus Karlsen, shuningdek, hindistonlik Dommaraju Gukesh, xitoylik Vey Yi kabi taniqli shaxmatchilar qatnashadi.

Avvalroq «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov FIDE Cicruit reytingida birinchi oʻrinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek