Oliy sud tomonidan bosmachilik va antisovet faoliyatida ayblangan 198 nafar shaxs reabilitatsiya qilindi

eʼlon qilindi
Bu mazkur masala bo‘yicha birinchi qarori emas
Rasm: Oliy sud matbuot xizmati

2024-yil 6-may kuni Oliy sud Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi boʻyicha 198 nafar shaxs oqlandi, deb xabar beradi O‘zR Oliy sudi matbuot xizmati.

Bunga O‘zR prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi «Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingani sabab bo‘ldi.

Oqlanganlar sobiq Ittifoqning 1930 – 1938 yillardagi Uchlik Kengashlarining qarorlari bilan hukm qilingan. Ular hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Namangan viloyatlari hududida aksilinqilobiy harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorizm, banditizm uchun sudlangan. Fargʻona viloyati hududida bosmachilik harakatida ishtirok etgani uchun ayblangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekiston Oliy sudining mazkur masala bo‘yicha birinchi qarori emas. Hozirgi kunga kelib, reabilitatsiya qilinganlar soni 1031 nafarga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev qatag‘onga uchragan o‘zbekistonliklarni xotirasiga hurmat bajo keltirgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek