Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqda Kreml axborot xizmati ma'lum qildi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada 1941−1945-yillarda boʻlib oʻtgan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradda faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml saytida malum qilindi.

Shuningdek, paradda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va yana bir qancha mehmonlar ishtirok etadi.

Davlat rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga Nomalum askar qabriga gul qoʻyish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek