Uy-joy subsidiyasi: uni olish uchun qanday daromadga ega bo‘lishingiz kerak

eʼlon qilindi
Ba'zilar rad javobini oladi
Foto: «Kursiv» / Roman Fedotov

O‘zbekistonda ko‘pchilik uy-joy olish uchun subsidiya so‘rab murojaat qiladi, lekin daromad talabiga e’tibor bermaydi va rad javobini oladi. Bu haqda Bankir Telegram kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, ya’ni 3 150 000 soʻmdan 8 400 000 soʻmgacha boʻlishi kerak.

Toshkent shahrida esa mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha boʻlishi kerak. Ya’ni 3 150 000 soʻmdan 9 660 000 soʻmgacha boʻlishi talab qilinadi.

«Daromad chegarasi subsidiya toʻgʻri odamga berilishi uchun kerak. Ipoteka krediti olmoqchi boʻlgan aholi uyga muhtoj boʻlgan taqdirda ham kreditni toʻlash qobiliyatiga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, daromadi yuqori aholiga ham subsidiya berilmaydi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, fuqaro ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza berishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda uy-joy sotib olish imkoniyati pastligicha qolayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek