Yangiliklar

Toshkent mozaikalarini Ilova orqali ko‘rish mumkin

Ilova «Toshkent mozaikalari» deb nomlandi
Foto: Piqsels

Toshkentda «Toshkent mozaikalari» mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu poytaxt binolarining mozaikalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

«Kaleydoskop» funksiyasi va kengaytirilgan haqiqat filtrlari «Toshkent mozaikalari»da mavjud. Bundan tashqari, ilovada 334 ta mozaika haqidagi fotosuratlar, manzillar va malumotlar bor.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyi oxirida poytaxt va viloyatlardagi binolardagi mozaikalar Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» «Kosmonavtlar» metro bekati madaniy meros sifatida tan olingani haqida yozgan edi.