UzAuto 4,5 mingta Lacetti uchun shartnomalarni ochmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobil narxi o‘zgarishsiz qoladi
Foto: alexeynovikov / www.depositphotos.com

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti uchun shartnomalarni ochmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8-may kuni soat 10:00 da 4,5 ming dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud.

Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzish mumkin.

Chevrolet Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Kia K5 narxlari oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek